35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Maktabgacha ta’lim tashkiloti holati ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Qo‘shqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda muassasada yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

🔺Ko‘zdan kechirish jarayonida muassasani o‘rab turgan devor to‘siqlari ta’mirtalab holatga kelib qolgani, bu esa muassasaning xavfsizligi va tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Shuningdek, muassasa hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔺O‘rganishda eng dolzarb masalalardan biri sifatida maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun navbat kutayotgan bolalar sonining 750 nafar ekani qayd etildi. Bu esa aholining maktabgacha ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji yuqori ekanligini ko‘rsatadi.Shu munosabat bilan muassasaning quvvatini oshirish, navbatda turgan bolalar sonini qisqartirish va sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha bino qurish orqali muassasani kengaytirish masalasini ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

🔺O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, devor to‘siqlarini ta’mirlash, hududni obodonlashtirish hamda qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha takliflar tuman hokimligi va Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari ishtirokida ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 3