35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАЪМУРИЙ НАЗОРАТ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
БЕКОБОД МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА БАЙРАМГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ОБОД МФЙДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
Tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarga sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini o‘rganish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-son “Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹 Mazkur qaror bilan bemorlarni tibbiyot tashkilotlariga qabul qilish, elektron axborot tizimi orqali yo‘llanma shakllantirish, tibbiy yordam ko‘rsatish hamda bemorlarni bir tibbiyot tashkilotidan boshqasiga o‘tkazish tartiblari belgilangan.

🔹 Bemorlarning tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni o‘z xohishiga ko‘ra tanlash imkoniyati ham nazarda tutilgan.

🔹 Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yo‘llanma asosida tibbiy yordam olayotgan bemorlardan tegishli xizmatlar uchun asossiz qo‘shimcha to‘lov undirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

📋 Deputatlar nazoratida:
— qaror talablarining tumandagi tibbiyot tashkilotlarida ijrosi;
— fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati;
— elektron yo‘llanmalar bilan ishlash jarayoni;
— ehtiyojmand fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish holati;
— tibbiy xizmatlar sifati va budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari.

🎯 Asosiy maqsad — fuqarolarning qonuniy huquqlarini ta’minlash, tibbiy xizmatlarning sifati va ochiqligini oshirish hamda davlat budjeti mablag‘larining samarali sarflanishini nazorat qilish.

Slide 1 of 1