35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
TADBIRKORLIK — YANGI IMKONIYATLAR MANBAI

Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganilgandan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Amu sohillari” mahallasida yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdilar.

💬O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kredit mablag‘laridan foydalanish samaradorligi hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

💬Xususan, mahalla fuqarosi G.Salomova o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 10 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i olib, go‘zallik saloni tashkil etgani qayd etildi.

💬Shuningdek, “NODIRABEGIM” atelyesi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

💬Tanishuv davomida tadbirkorlik subyektining faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumotlar olindi. Shuningdek, yangi tashkil etilgan biznes faoliyatini yanada rivojlantirish, xizmatlar turini kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

💬Bunday tashabbuslar mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, oilalar daromadini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🫥Deputatlik nazorati davomida nafaqat mavjud muammolar, balki fuqarolarning tashabbuslari va ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2