35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan shahardagi 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan kichik va katta zallarning holati hamda sig‘imi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida zallarning texnik va sanitariya holati, tomoshabinlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud o‘rindiqlar soni hamda tadbirlarni samarali tashkil etish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabda o‘tkaziladigan konsertlar, ko‘rik-tanlovlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa tadbirlar uchun zallarning imkoniyatlari hamda sig‘imidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida o‘quvchilar va tadbir ishtirokchilari uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash, zallardan samarali foydalanish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3