35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan Qashqar mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan nuroniylar bilan navbatdagi samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda nuroniylarning jamiyat hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat Sh.Madaminova nuroniylarning taklif va mulohazalarini tinglab, ularning boy hayotiy tajribasi mahalla tinchligi, oilalar mustahkamligi hamda yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

Muloqot davomida nuroniylar tomonidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalar mahallani yanada obod etish, aholi farovonligini oshirish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarda inobatga olinishi qayd etildi.

Deputat tomonidan nuroniylar bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish, ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish va fuqarolar bilan yaqin hamkorlikni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2