35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Bodomtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi”ning faoliyati hamda
aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.Deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim U. Abdumalikova bilan suhbatlashib,yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.Shuningdek,ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ma’lum qilinishicha, mahallada 40 ta oila ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda bo‘lib, shundan 15 tasi davlat ta’minotidagi oilalar hisoblanadi.Har bir oila uchun individual reja ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bilan belgilangan tartibda manzilli ijtimoiy xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borilmoqda.O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning ehtiyojlarini baholash hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Aholiga ijtimoiy xizmatlarni manzilli va sifatli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.Yakunda “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 3