35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
KENGASH RAISI SAYLANGAN OKRUGDAGI ISTE'DOD KO‘CHASI NAMUNALI KO‘CHAGA AYLANTIRILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarni bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirish, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish, obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish hamda aniqlangan masalalarni hamkorlikda ko‘rib chiqishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.Xususan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov hamda tuman Kengashi raisi Faxritdin Dadamatov tomonidan Kengash raisining saylov okrugi hududiga kiruvchi “Choʻqqayma” mahallasidagi Iste'dod ko‘chasida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Mazkur ko‘cha aholining tashabbusi va hashar yo‘li bilan obod etilib, hududdagi namunali ko‘chalardan biriga aylantirilgan.Ko‘zdan kechirish davomida mahalla faollari va ko‘cha aholisi bilan samimiy muloqot qilinib,amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ularning fikr va takliflari tinglandi.Mazkur hamkorlikdagi tashrif Kengash va hokimiyatning hududlarni obod etish, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga alohida e'tibor qaratayotganini yana bir bor namoyon etdi.  

Slide 1 of 7