35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Samarqand viloyatida 10 ta zamonaviy tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi

Samarqand viloyatida 10 ta zamonaviy tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yig‘ilishida temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan masala ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

🚅 Mazkur qaror bilan “O‘zbekiston Temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 10 ta zamonaviy tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi.

🌀 Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash, temir yo‘l transporti tizimini modernizatsiya qilish hamda yo‘lovchilarga zamonaviy va qulay xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

⚡️ Loyiha amalga oshirilishi natijasida:

✅ zamonaviy tezyurar elektropoyezdlar hisobiga yo‘lovchi tashish imkoniyatlari kengayadi;

✅ temir yo‘l transporti xizmatlarining sifati, xavfsizligi va ishonchliligi yanada oshadi;

✅ hududlar o‘rtasidagi transport qatnovi samaradorligi va tezkorligi ta’minlanadi;

✅ aholiga zamonaviy, qulay va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.
🇺🇿 Viloyat Kengashi tomonidan qabul qilingan ushbu qaror temir yo‘l transporti infratuzilmasini izchil rivojlantirish, zamonaviy yo‘lovchi tashish tizimini kengaytirish hamda mamlakatimiz transport sohasining raqobatbardoshligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Slide 1 of 1