Abdulla Qahhor mahallasida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida hududda atrof-muhitni chiqindilardan tozalash, mahalla qiyofasini tartibga keltirish va obodonlashtirish jarayonlari jadal olib borilmoqda.
🔍 Natijadorlik va nazorat
Olib borilayotgan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni samarali tashkil etish maqsadida jarayon joyida o‘rganildi.
O‘rganish ishlarida:
Xalq deputatlari shahar Kengashining 21-okrug deputati — Muhiddin Abdullayev;
Hudud deputati Alisher Samadovning kotibiyatdan biriktirilgan vakili — Mukarram Nematullayeva ishtirok etishdi.
Muhokama va tavsiyalar: Muloqot davomida amalga oshirilayotgan barcha obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📌 Bizning maqsadimiz — har bir xonadon, ko‘cha va mahallada ozodalik hamda fayz-barakani ta’minlashdir!