#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali boshlig‘i J.Abdullayev bilan birgalikda “Javshar ota” mahallasida joylashgan suv inshootining texnik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida suv inshootining texnik holati, mavjud uskunalarning ishlash samaradorligi hamda aholini ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, suv inshootida elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish, energiya resurslarining behuda sarflanishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|