35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
“Jayhun” mahallasida infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Jayhun” mahallasida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida mahalla hududining umumiy infratuzilma holati, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ichki yo‘llarning holati, piyodalar harakati uchun qulayliklar, obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavjud holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilayotgani, ularning sifati va samaradorligi hamda aholining kundalik hayotiga ta’siri o‘rganildi.
Jarayon davomida mahalla hududidagi mavjud muammolarni aniqlash bilan bir qatorda, ularni bartaraf etishning amaliy yechimlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Ayniqsa, aholining infratuzilmaga oid murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni manzilli hal etish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputatlar tomonidan hududda olib borilayotgan ishlarni faqatgina kuzatish bilan cheklanib qolmasdan, aniqlangan kamchiliklar va muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar belgilash zarurligi qayd etildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha “Jayhun” mahallasida infratuzilmani yanada rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, aholiga qulay muhit yaratish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirildi.
Mahalladagi har bir muammoni joyida o‘rganish, uning sabablarini aniqlash va amaliy yechim topish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishidir.

Slide 1 of 4