35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
O‘RQ–419-SON QONUNI IJROSI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘RQ–419-son Qonuni ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

Deputatlik nazorati tadbirlari davomida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarining joriy etilishi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatlari ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, Qonunning asosiy talablaridan kelib chiqib:
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlari va hududiy chora-tadbirlar ijrosi;

davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligi;
budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat;
davlat xaridlari jarayonlarining qonuniyligi;

aholining huquqiy ongi va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy ko‘rib chiqish holatlari o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga kiritiladi. Zaruratga ko‘ra, masalalar Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va sessiyalarida muhokama qilinadi.

S.Bekmurodova
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi