35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi — fuqarolar murojaatidagi muammolar ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugi hududida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi kiritilgan edi.

Jumladan, 2-Charx Kamolon mahallasi, Parvoz-27A uyida istiqomat qiluvchi fuqaro Xolxo‘jayev hamda 2-Charx Kamolon mahallasi, Navbahor ko‘chasi, 72-uyda yashovchi fuqaro Alimuhammedov Fayzullo tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar yuzasidan murojaat qilingan.

Mazkur murojaatlar deputat tomonidan o‘rganilib, fuqarolar ko‘targan masalalarni amaliy jihatdan hal etish maqsadida 2026-yil 23-iyuldagi 56-ds-413-26-sonli deputatlik so‘rovi Chilonzor tumani Elektr ta’minoti korxonasiga yuborildi.

Deputatlik so‘rovi asosida tegishli choralar ko‘rilib, murojaatlarda qayd etilgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ijobiy hal etildi.

Shu tariqa, deputatlik so‘rovi qanoatlantirilib, fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalalar o‘z yechimini topdi.

Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 7