35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
HUDUDLARDA INFRATUZILMA HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida hudud infratuzilmasi holatini o‘rganish bo‘yicha deputatlik nazorati tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

O‘rganishlar davomida ichimlik va sug‘orish suvi ta’minoti, elektr energiyasi, ichki yo‘llar, ko‘priklar, ijtimoiy soha obyektlari, obodonlashtirish va kommunal xizmatlar holati joyiga chiqqan holda tahlil qilinmoqda. Shuningdek, fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganilmoqda.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berish, zaruratga ko‘ra deputat so‘rovlarini kiritish hamda amaliy choralar ko‘rilishi ustidan nazorat o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida muhokama qilinadi. Dolzarb masalalar esa Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilib, ularning ijrosi yuzasidan parlament nazorati doirasida muntazam monitoring olib boriladi.