35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN ZIYORATGOHIDA OBODONLASHTIRISH VA QURILISH ISHLARIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tashabbusi bilan Chorvador mahalla fuqarolar yig‘inining O‘rta qishlog‘ida joylashgan Bibimozor ziyoratgohida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida tadbirkorlar hamda homiylar ishtirokida amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Deputat tomonidan hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida ziyoratgoh infratuzilmasini yaxshilash, mavjud binolarni ta'mirlash va hududni yanada obod etish bo‘yicha bir qator ehtiyojlar mavjudligi aniqlandi. Mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida hudud tadbirkorlari va saxovatpesha fuqarolar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tashabbus natijasida ziyoratgohda olib borilayotgan qurilish ishlari uchun zarur bo‘lgan shifer, stropila va shlakoblok kabi asosiy qurilish materiallari homiylar tomonidan yetkazib berildi. Mazkur qurilish materiallari ziyoratgoh hududidagi qurilish-ta'mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bibimozor ziyoratgohi hudud aholisining qadimiy ziyorat maskanlaridan biri bo‘lib, uni obod etish, ziyoratchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, tarixiy va ma'naviy merosni asrab-avaylash borasidagi sa'y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.