35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik nazorati: gaz ta'minoti masalalari o'rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining 2026-yil 3–7-avgust kunlariga mo'ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashi deputatlari G.Bobojonova hamda X.Хamidov tomonidan tuman "Hududgaz ta'minoti" bo'limi faoliyati o'rganildi. O'rganish jarayonida korxona faoliyati yuzasidan aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar va e'tirozlar, ayniqsa, chekka hududlarga suyultirilgan gaz ballonlarini o'z vaqtida yetkazib berish, gaz ta'minoti sifati hamda xizmat ko'rsatish jarayonida uchrayotgan muammolar atroflicha tahlil qilindi. Deputatlar korxona mutasaddilari bilan uchrashib, mavjud kamchiliklarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, aholining qonuniy manfaatlarini ta'minlash, murojaatlarga o'z vaqtida javob qaytarish va gaz ta'minoti
xizmatlari sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Deputatlik nazorati davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas'ul tashkilotga zarur tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan doimiy nazorat o'rnatilishi
ta'kidlandi. Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o'rganish, ularni
bartaraf etish va aholiga sifatli xizmat ko'rsatilishini ta'minlash borasidagi nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.  

Slide 1 of 5