35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Deputat saylovchilar va mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashdi

Kotibiyat ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati, 14-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Karshiboyeva Gulchexra tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Gulbog‘ mahallasi yettiligi a’zolari hamda saylovchilar ishtirok etib, hududdagi mavjud masalalar, fuqarolarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolariga murojaat bilan kelgan fuqarolar bilan ham suhbatlar olib borilib, ularning murojaatlari tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan asosan ichimlik suvi ta’minoti hamda eskirgan beton ustunlarni yangilash masalalari ko‘tarildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish, masalalar yechimini nazoratga olish belgilandi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 3