35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati O‘zLiDeP a’zosi Dilshod Soliyev tomonidan saylov okrugida joylashgan “Navnihol” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, 2026-yil 2-chorakdagi deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi” a’zolari, tuman hokimligi, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari, Madad NNT vakili, Kengash bosh mutaxassisi hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

Deputat o‘z axborotida o‘tgan chorak davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, axborot davomida mahalla ko‘chalari va ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy soha obyektlari holatini yanada yaxshilash hamda aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish yuzasidan olib borilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Deputatlik so‘rovlari asosida mas’ul tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar, hal etilgan masalalar hamda ijrosi nazoratga olingan muammolar haqida ham saylovchilarga ma’lumot taqdim etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammo va takliflarini bildirdilar. Har bir murojaat deputat va mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni qonuniy va amaliy hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Ushbu tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 5