35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan 17-"Marg'ilon darvozasi" saylov okrugi hududidagi "Marg'ilon darvozasi" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Jumladan, Sarbotir ko‘chasida joylashgan transformator punkti (TP) orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanayotgan xonadonlarda elektr kuchlanishi yetarli darajada emasligi, buning natijasida aholi elektr jihozlaridan to‘liq va barqaror foydalana olmayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan mazkur holat joyiga chiqib o‘rganildi hamda mavjud muammoning sabablarini bartaraf etish, transformator quvvatini oshirish yoki elektr ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilot nomiga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fuqarolarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6