35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАЪМУРИЙ НАЗОРАТ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
БЕКОБОД МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА БАЙРАМГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ОБОД МФЙДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
Deputat so‘roviga javob: elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora ko‘rilmoqda

Deputat so‘roviga javob: elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Kazakov Maxsud Asredinovichning deputatlik so‘rovi yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti tomonidan javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan To‘qboy mahallasi hududida joylashgan TP-2971 transformator punktida yuklama oshib ketgani hamda qo‘shimcha transformator o‘rnatish masalasi o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, iste’molchilar soni ortgani va transformator punktining yuqori yuklama bilan ishlayotganini inobatga olgan holda, 2026-yilda tuman hokimligining infratuzilma jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur hududga qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatish rejalashtirilgan.

Aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, hududlardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.