MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Xonchorvoq MFY hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlari yaratib kelayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Jumladan, Termiziy ko‘chasida faoliyat yuritayotgan “Ulug‘ Sarvinoz” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishildi.
Mazkur oilaviy korxona tomonidan blok-g‘isht ishlab chiqarish va sotish xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholi qurilish ehtiyojlarini qondirish bilan birga, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Deputat tomonidan tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan sharoitlar, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.