35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАНГАН ОКРУГДА «ҲОКИМ ВА ЁШЛАР УЧРАШУВИ» ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА НАВБАТДАГИ «ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁШ ОИЛАЛАРНИ ЯРАШТИРИШ ВА ОИЛАЛАРНИ АСРАБ ҚОЛИШ БЎЙИЧА АМАЛИЙ ЧОРАЛАР КЎРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ПФ–209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ДОИРАСИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ ТАШАББУСИ БИЛАН «ЗАРКЕНТ» ОРОМГОҲИДА МАДАНИЙ-МАЪРИФИЙ ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БЎСТОН МАҲАЛЛАСИДАГИ ТРАНСФОРМАТОРНИ ТАЪМИРЛАШ ВА ИШГА ТУШИРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИ ЯШАШ ВА ТУРГАН ЖОЙИ БЎЙИЧА РЎЙХАТДАН ЎТКАЗИШГА ОИД ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОҒ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Saylovchilar bilan uchrashuv

❗️Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Nodira Allamuratova 2026-yilning 2-chorak bo‘yicha axborot berdi

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 12-Obod yurt saylov okrugidan saylangan deputat Allamuratova Nodira Bozorovna 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududiy o‘rganishlar va ilgari surilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

✅Deputat tomonidan Bandixon tumanidagi “Obod yurt” mahallasida fuqarolar, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari, hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sport inshootlari va ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash masalalari alohida nazoratga olindi.

✅Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xotin-qizlar faollari va soliq inspektorlari faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

✅Hududlardagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi, gaz, toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham deputatlik nazorati doirasida atroflicha o‘rganildi.

✅Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish va aholi bandligi masalalari yuzasidan ham tizimli monitoring olib borildi.

✅Hisobot davomida Nodira Allamuratova Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etib, aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish va mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

✅Uchrashuvlar yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Mazkur ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqani mustahkamlash, hududiy muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 8