35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАНГАН ОКРУГДА «ҲОКИМ ВА ЁШЛАР УЧРАШУВИ» ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА НАВБАТДАГИ «ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁШ ОИЛАЛАРНИ ЯРАШТИРИШ ВА ОИЛАЛАРНИ АСРАБ ҚОЛИШ БЎЙИЧА АМАЛИЙ ЧОРАЛАР КЎРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ПФ–209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ДОИРАСИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ ТАШАББУСИ БИЛАН «ЗАРКЕНТ» ОРОМГОҲИДА МАДАНИЙ-МАЪРИФИЙ ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БЎСТОН МАҲАЛЛАСИДАГИ ТРАНСФОРМАТОРНИ ТАЪМИРЛАШ ВА ИШГА ТУШИРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИ ЯШАШ ВА ТУРГАН ЖОЙИ БЎЙИЧА РЎЙХАТДАН ЎТКАЗИШГА ОИД ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОҒ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Oxunboboyev MFYda oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda.

       Oilalarda tinchlik-totuvlikni ta’minlash, ajrimlarning oldini olish hamda mahalla ahlining jipsligini oshirish deputatlar va mahalla faollarining doimiy e’tiborida. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Abdumo‘minova Nafisaxon mahalla faoli bilan birgalikda Oxunboboyev MFY hududidagi nizoli hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularni yarashtirish va oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida amaliy ishlarni olib bormoqda.Olib borilayotgan amaliy muloqotlar davomida: Nizolarni bartaraf etish: Deputat va mahalla faoli hamkorligida kelishmovchiliklar sabablari atroflicha o‘rganilib, taraflar murosa va hamjihatlikka chaqirilmoqda; Hayotiy va huquqiy maslahatlar: Yosh er-xotinlar va oila a’zolariga oila muqaddasligi, o‘zaro hurmat va sabr-toqat tushunchalari tushuntirilmoqda; Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Oila a’zolarini qiynayotgan maishiy va ma’naviy masalalarga joyida yechim izlanmoqda.Deputat va mahalla faollarining hamkorlikdagi bu kabi amaliy sa’y-harakatlari natijasida oilalardagi kelishmovchiliklarga barham berilib, jamiyatda oila mustahkamligini ta’minlashga erishilmoqda. 

   

Slide 1 of 2