35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ТЕГИШЛИ ТАШКИЛОТ ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТОЗАЛИК ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
СЕРҲОСИЛ БОҒЛАР — ЮҚОРИ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ МУҲИТИ МУСТАҲКАМЛАНМОҚДА
янв.21
ҲАДИКЕНТ ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Mahalladagi muammolar “mahalla yettiligi” bilan batafsil muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Achchiqko‘l saylov okrugi tarkibidagi Achchiqko‘l mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida mavjud dolzarb muammolar, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy sohadagi masalalar hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla faollari tomonidan hududdagi mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan takliflar va amaliy yechimlar bo‘yicha fikr almashildi.

Muhokama jarayonida mahalla yettiligi vakillari tomonidan fuqarolar bilan ishlash tizimi, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish, obodonlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etish, ko‘cha va ichki yo‘llar holatini yaxshilash, shuningdek aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Deputat tomonidan mahallada mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijobiy yechimini topish, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4