35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ТЕГИШЛИ ТАШКИЛОТ ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТОЗАЛИК ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
СЕРҲОСИЛ БОҒЛАР — ЮҚОРИ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ МУҲИТИ МУСТАҲКАМЛАНМОҚДА
янв.21
ҲАДИКЕНТ ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Qoronqul” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori I. Inagamovning soliq qonunchiligi talablariga rioya etishi, tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan profilaktik ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdo faoliyatini amalga oshirishda aksiz markirovkasi talab etiladigan mahsulotlarda aksiz markalarining mavjudligi va ularning qonunchilik talablariga muvofiq sotilayotganligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, savdo shoxobchalarida naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish maqsadida to‘lov terminallaridan foydalanish holati, xaridorlarga elektron to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlari ham o‘rganildi.

Monitoring davomida tamaki mahsulotlarini sotish tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ushbu mahsulotlarning belgilangan joylarda, qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq holda sotilishi, ularning boshqa turdagi tovarlardan alohida joylashtirilishi hamda tegishli chek va hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish amaliyoti ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, soliq intizomini mustahkamlash, aksiz markirovkasi talablariga qat’iy rioya qilish, onlayn nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallaridan samarali foydalanish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash hamda yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Slide 1 of 3