35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ТЕГИШЛИ ТАШКИЛОТ ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТОЗАЛИК ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
СЕРҲОСИЛ БОҒЛАР — ЮҚОРИ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ МУҲИТИ МУСТАҲКАМЛАНМОҚДА
янв.21
ҲАДИКЕНТ ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
📌 Deputatlik nazorati doirasida ma’lumot so‘raldi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining doimiy komissiyalari faoliyati davomida qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19.1-moddasiga muvofiq, doimiy komissiyalar davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslardan zarur ma’lumotlar, ekspert xulosalari,boshqa axborotlarni talab qilib olish huquqiga ega.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i O.Shukrullayevga rasmiy xat yuborildi.

Xatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–85-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumot so'ralgan.