35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАНГАН ОКРУГДА «ҲОКИМ ВА ЁШЛАР УЧРАШУВИ» ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА НАВБАТДАГИ «ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁШ ОИЛАЛАРНИ ЯРАШТИРИШ ВА ОИЛАЛАРНИ АСРАБ ҚОЛИШ БЎЙИЧА АМАЛИЙ ЧОРАЛАР КЎРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ПФ–209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ДОИРАСИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ ТАШАББУСИ БИЛАН «ЗАРКЕНТ» ОРОМГОҲИДА МАДАНИЙ-МАЪРИФИЙ ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БЎСТОН МАҲАЛЛАСИДАГИ ТРАНСФОРМАТОРНИ ТАЪМИРЛАШ ВА ИШГА ТУШИРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИ ЯШАШ ВА ТУРГАН ЖОЙИ БЎЙИЧА РЎЙХАТДАН ЎТКАЗИШГА ОИД ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОҒ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Hududlarni rivojlantirish va ijro intizomi masalalari muhokama qilindi

Hududlarni rivojlantirish va ijro intizomi masalalari muhokama qilindi

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov hamda tuman prokurori Yodgor Bozorov raisligida navbatdagi "Hokimlik soati" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov ham ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida tuman hokimi Shuxrat Qalandarov deputatlik so‘rovlarini ko‘rib chiqish va ularga o‘z vaqtida, asoslantirilgan hamda qonunchilik talablariga muvofiq javob berish har bir rahbarning ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish, ijro intizomini mustahkamlash va deputatlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligiga to‘xtaldi.

O‘z navbatida, Kengash raisi S. Nazarov ham deputatlik so‘rovlari va fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, mutasaddi tashkilotlar tomonidan ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi hamda Kengash va ijro organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Slide 1 of 7