35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Iqtisodiyot va moliya bo‘limi hisobotlari ko‘rib chiqildi

Iqtisodiyot va moliya bo‘limi hisobotlari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida kun tartibiga kiritilgan moliyaviy masalalar yuzasidan Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi o‘rinbosari U. Ishmatovning hisobotlari tinglandi.
Sessiyada 2026-yilning II choragi davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishi hamda mazkur hisobotni tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish hamda Termiz tumani mahalliy budjetining 2026-yil II chorak ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Muhokamalar davomida budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilma loyihalarini o‘z vaqtida moliyalashtirish hamda jamoatchilik fikri asosida ilgari surilgan tashabbuslarni izchil amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarilib, tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.