35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Kengash tavsiyasiga muvofiq budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Pastdarg‘om tumanida 2026-yilning ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha mahalliy budjet daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘larning qonunchilik talablariga muvofiqligi, ularning yo‘naltirilish asoslari hamda maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mablag‘larni taqsimlashda ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarini moliyalashtirish, shuningdek ajratilgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.