35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz to'rtinchi sessiyasi 29-iyul kuni o‘tkaziladi 📣

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz to'rtinchi sessiyasi 29-iyul kuni o‘tkaziladi 📣

⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, navbatdagi o'ttiz to'rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

🔘Samarqand viloyati hokimi A.M.Boboyevning joriy yilning I yarim yillik yakunlari boʻyicha Samarqand viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.

🔘 Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasining muhokamasi haqida.

🔘Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi T.T.Aripovning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti haqida.

🔘Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi B.Nigmanovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-sonli Qarori ijrosi yuzasidan hisoboti haqida.

🔘Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida.

🔘“Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish” loyiha konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida.

🔘 Samarqand viloyatida 2025-yil 2-bosqichda va 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarning manzilli dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va tender yakunlariga koʻra aniqlashtirilgan parametrlarini tasdiqlash hamda iqtisod qilingan mablagʻlarga qoʻshimcha yangi loyihalarni infratuzilma bilan taʼminlash toʻgʻrisida.

🔘 Viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida.

🔘Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash muddatini kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) toʻgʻrisida.

Slide 1 of 1