35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИНИНГ ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАРДАГИ ФАОЛИЯТИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон туманида доимий комиссиялар қарорлари лойиҳаларини тайёрлаш бўйича амалий семинар ўтказилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Mahallada muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan mahallada aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi. Tadbir davomida mahalla faollari, ko‘p qavatli uylar aholisi, uy-joy mulkdorlari shirkatlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar atroflicha muhokama etildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, ko‘p qavatli uylardagi kommunal xizmatlar sifati bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Fuqarolar tomonidan uylarning umumiy foydalanish joylarini saqlash, muhandislik kommunikatsiyalari holati, kirish yo‘laklari va yerto‘lalarni ta’mirlash, tashqi yoritish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish bilan bog‘liq muammolar ham aholining asosiy murojaatlaridan biri bo‘ldi. Ayrim hududlarda maishiy chiqindilarni yig‘ish grafigiga to‘liq amal qilinmayotgani, chiqindi konteynerlari yetarli emasligi hamda ularning o‘z vaqtida bo‘shatilmasligi oqibatida sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Fuqarolar tomonidan maxsus texnikalar harakatini ko‘paytirish, chiqindilarni olib ketish davriyligini oshirish va konteyner maydonchalarini tartibga keltirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat va taklif alohida qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, mahalla fuqarolar yig‘ini hamda mas’ul idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2