35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Vatan mahallasida tadbirkorlik faoliyati va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Vatan mahallasida tadbirkorlik faoliyati va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati R. Qo‘ziyev, Kengash kotibiyati mudiri J. Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirovlar tomonidan Vatan mahallasi hududida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati, ularning mavjud muammolari hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar o‘rganildi. Tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, Vatan mahallasidagi hokim yordamchisining faoliyati, jumladan, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlarning muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi ishlari tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda hududdagi tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 3