35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-iyundagi PQ–243-son qaroriga muvofiq, “Tashabbusli budjet” tizimini yanada takomillashtirish, deputatlarning ushbu jarayondagi ishtirokini kuchaytirish hamda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tartiblar joriy etilmoqda.

2026-yil 1-avgustdan boshlab Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining “Tashabbusli budjet” jarayonidagi vakolatlari kengaytiriladi. Unga ko‘ra, har bir deputat o‘ziga biriktirilgan saylov okrugi manfaatlaridan kelib chiqib, “Ochiq budjet” axborot portalida bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihani tanlab, ularni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur yangilik hududlarda dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, deputatning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qarori asosida tegishli saylov okrugi bo‘yicha qo‘shimcha g‘olib loyihalar boshqa deputatlar tomonidan aniqlanishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolar sheriklik loyihalarini nafaqat “Ochiq budjet” portali, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP), to‘lov tashkilotlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlanib, barcha sheriklik loyihalari ro‘yxati hamda “Tashabbusli budjet” jarayonlarining onlayn statistikasi real vaqt rejimida aks ettiriladi. Bu esa jarayonning ochiqligi, shaffofligi va fuqarolar uchun qulayligini yanada oshiradi.

Yana bir muhim yangilik sifatida, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravarigacha bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlashga oid sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda.

Mazkur o‘zgarishlar “Tashabbusli budjet” tizimining samaradorligini oshirish, deputatlarning hududlarni rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish hamda fuqarolarning tashabbuslarini kengroq qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.