Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati T.Yusupov Abat MFY Oybek ko‘chasi bo‘yidagi ko‘p qavatli uyning faollari bilan uchrashib bu hududning muammolarini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida ushbu hududdagi muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilarga deputatlik so‘rovlari yuborilishini aytib o‘tdi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida ko‘chalar va atrof-muhit tozaligini saqlash, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.