35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
Bekho mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi

O‘rganish davomida mahalla faollari, mas’ullar va aholi vakillari ishtirokida hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Xususan, Guliston ko‘chasidagi qariyb 950 metr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i ma’nan va jismonan eskirgani, buning natijasida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar va boshqa noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi. Mazkur tarmoqni yangisiga almashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi kommunal infratuzilma, obodonlashtirish, ichki yo‘llar va aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaat hamda takliflar tinglandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ichimlik suvi tarmog‘ini rekonstruksiya qilish masalasini vakolatli tashkilotlar bilan ko‘rib chiqish hamda zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish orqali masalalar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholini qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2