35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan 2-Konchi saylov okrugida joylashgan Mash’al mahallasidagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasada tarbiyalanayotgan bolalarni kunning issiq va yog‘ingarchilikli kunlarida xavfsiz hamda qulay sharoitda qabul qilish va mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun yozgi ayvonchaga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida “Mash’al” MFY hududida joylashgan 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 1 ta yangi yozgi ayvoncha qurish zarurligi belgilandi.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan muhokamalar o‘tkazilib, yozgi ayvoncha qurilishi uchun amaliy yordam ko‘rsatish, zarur tashkiliy choralarni ko‘rish hamda masalani belgilangan tartibda hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5