35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

#Deputatlik_so'rovi


Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi Deputati D.Azizbayeva tomonidan Shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Jo‘rayev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Bunyodkor mahallasi hududida aholining ijtimoiy ahvolini o‘rganish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, “Yoshlar xiyoboni” hududini obodonlashtirish zarurligi aniqlandi.

Fuqarolar tomonidan xiyobon hududida keraksiz o‘t-o‘lanlar va turli maishiy chiqindilar to‘planib qolgani, yashil hududlar yetarli darajada parvarish qilinmayotgani hamda xiyobonning sanitariya holatini yaxshilash zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Shu munosabat bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan deputat so‘rovi yuborilib, mazkur holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, “Yoshlar xiyoboni” hududini obodonlashtirish, keraksiz o‘t-o‘lanlar va maishiy chiqindilarni tozalash hamda yashil hududlarni tegishli darajada parvarish qilish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish so‘raldi.

Shahar hududlarini obodonlashtirish, yashil hududlarni asrab-avaylash, jamoat joylarining sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va toza muhit yaratish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Slide 1 of 1