35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАНГАН ОКРУГДА «ҲОКИМ ВА ЁШЛАР УЧРАШУВИ» ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА НАВБАТДАГИ «ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁШ ОИЛАЛАРНИ ЯРАШТИРИШ ВА ОИЛАЛАРНИ АСРАБ ҚОЛИШ БЎЙИЧА АМАЛИЙ ЧОРАЛАР КЎРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ПФ–209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ДОИРАСИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ ТАШАББУСИ БИЛАН «ЗАРКЕНТ» ОРОМГОҲИДА МАДАНИЙ-МАЪРИФИЙ ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БЎСТОН МАҲАЛЛАСИДАГИ ТРАНСФОРМАТОРНИ ТАЪМИРЛАШ ВА ИШГА ТУШИРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИ ЯШАШ ВА ТУРГАН ЖОЙИ БЎЙИЧА РЎЙХАТДАН ЎТКАЗИШГА ОИД ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОҒ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
"Tashabbusli budjet" loyihasining II chorak yakunlari doimiy komissiyada muhokama qilindi

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ–5072-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi KQ–334-VI-son qarorlari ijrosi doirasida Termiz shahrida “Tashabbusli budjet” loyihasi bo‘yicha 2026-yil II chorakda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas'ul xodimi S. Majidov hisobot berib, hisobot davrida 10,1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ jamg‘armaga yo‘naltirilgani, 8 ta g‘olib loyiha uchun 8 milliard 714 million 500 ming so‘m mablag‘ ajratilgani hamda ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida muhim bunyodkorlik va jihozlash ishlari amalga oshirilgani haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, loyiha-smeta hujjatlari asosida xarajatlarning aniqlashtirilishi natijasida 1 milliard 173 million 500 ming so‘m mablag‘ iqtisod qilingani, jamg‘arma mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilgani alohida ta'kidlandi.

Muhokamalar davomida doimiy komissiya a'zolari tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur hisobotni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

"Tashabbusli budjet" — fuqarolar tashabbuslarini amaliy natijaga aylantirish, mahalliy budjet mablag‘larining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga xizmat qilayotgan muhim mexanizmlardan biridir.

Slide 1 of 2