35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ТЕГИШЛИ ТАШКИЛОТ ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТОЗАЛИК ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
СЕРҲОСИЛ БОҒЛАР — ЮҚОРИ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ МУҲИТИ МУСТАҲКАМЛАНМОҚДА
янв.21
ҲАДИКЕНТ ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputat I.Xalmatov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Bandixon tumani ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasida tashrif buyurib, "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (1996-yil 29-avgust, 265-I-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlarining faoliyati, profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaning 9-bandi — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan ham o‘rganish o‘tkazildi. Unda muassasada mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning aholiga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yetkazib berilishi, hisobini yuritish hamda dori-darmon ta’minotidagi mavjud holat tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2