35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Chorchinor mahallasida ko‘cha aylanib, hududdagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat mahalla ko‘chalari bo‘ylab yurib, hududning obodonlashtirish holati, infratuzilma, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Chorchinor ko‘chasida mavjud holat joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, hududni yanada rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishda mahalla hokim yordamchisi hamda mahalla raisi ishtirok etib, ko‘cha bo‘ylaridagi bo‘sh hududlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarini jalb etish orqali xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalarini tashkil etish, shu orqali mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini oshirish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5