35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Pargos” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi B.Amantayev tomonidan mahallada yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar balansini yuritish, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning doimiy va mavsumiy bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kreditlar hamda davlat dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda turli tanlovlarga jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

🔺O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning murojaatlari bilan tizimli ishlash va belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.

Slide 1 of 2