35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tuman Kengashi huzurida faoliyat yuritayotgan Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan ochiq muloqot va suhbat tashkil etildi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni hududlarni rivojlantirish jarayonlariga keng jalb etish hamda Kengash faoliyatida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Suhbat chog‘ida Yoshlar maslahat guruhi a'zolarining asosiy vazifalari, ularning mahallalarda
yoshlar bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘rganish, istiqbolli g‘oyalarni ilgari surish hamda Kengash deputatlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi faoliyati yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan loyihalarni izchil amalga oshirish zarurligi alohida ta'kidlandi. Yoshlar maslahat guruhi a'zolari tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish, Kengash faoliyatida yoshlarning ishtirokini yanada kengaytirish hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan tegishli
tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Yoshlar maslahat guruhi a'zolarining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatidan samarali foydalanish hamda kelgusida ham bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etish muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.  

Slide 1 of 5