35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
Hamkorlikdagi ishlar natijasida xavfli nuqsonlar bartaraf etildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Dusmurodov biriktirilgan tashkiloti — tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Navbatdagi o‘rganish davomida deputat N. Dusmurodov tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bolalar bo‘limidagi mavjud sharoitlar va xavfsizlik talablari holatini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish jarayonida inson hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ayrim nuqsonlar aniqlanib, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Mazkur hamkorlik ishlari fuqarolar, ayniqsa bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish, favqulodda holatlarning oldini olish hamda ijtimoiy obyektlarda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1