Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Fuqaro murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqaro o‘zini qiynab kelayotgan muammo yuzasidan murojaat qildi.

Ma’lum qilinishicha, avvalroq kredit mablag‘lari hisobidan issiqxona tashkil etilgan.

Biroq kreditning imtiyozli davri yakunlangach, oila boshlig‘ining sog‘lig‘i yomonlashib, uzoq muddatga to‘shakka mixlanib qolganligi sababli kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish imkoni bo‘lmagan.

Natijada kredit muammoli kredit toifasiga o‘tgan.

Murojaatchining ta’kidlashicha, ayni paytda bank tomonidan pensiya mablag‘larining to‘liq ushlab qolinayotgani oilaning moddiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Murojaat yuzasidan holat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik doirasida masalani hal etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 1