Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Tadbirkor murojaati joyida o‘rganildi.

Tadbirkor Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 56-uy, 9-xonadon manzilida elektr quvvati bilan bog‘liq masala yuzasidan murojaat qilib, faoliyatini kengaytirish maqsadida elektr stansiyasini o‘rnatish uchun barcha zarur hujjatlar tayyorlanganini, biroq masalaning amaliy yechimi yuzasidan ko‘mak zarurligini ma’lum qildi.

Deputat murojaat yuzasidan joyiga chiqib, mavjud holatni atroflicha o‘rgandi hamda tadbirkor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishdi. Shuningdek, masalani qonunchilik talablariga muvofiq hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida murojaatning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish, masala ijrosini nazoratga olish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Tadbirkorlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1