Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Deputat_so‘rovi

Deputat_so‘rovi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati tomonidan Chotqol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda fuqarolar murojaatlari asosida aniqlangan muammolar yuzasidan ijro hokimyat organlariga shahar hokimining birinchi o'rinbosari Y.Naraliyevga deputat so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida Chotqol MFY Samarqand ko‘chasining 50-uydan 58-uygacha bo‘lgan 350 metr uzunlikdagi ichki yo‘lning shag‘al qoplamali ekani, yo‘lning bugungi kunda transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun noqulay holatga kelgani aniqlandi.

Deputat so‘rovida mazkur yo‘lni mutaxassislar ishtirokida qayta o‘rganish, uni asfaltlashtirishni tegishli hududiy dastur yoki manzilli ro‘yxatga kiritish hamda zarur mablag‘lar ajratilib, amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Mazkur masala yuzasidan deputat so‘rovi ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olinib, tegishli tashkilotning qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javobi kutilmoqda.