Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
O‘rganish ishlari amaliy natijalar sari davom etmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda “Yangi makon” OFY ijtimoiy xodimi N.Allashukurov o‘rganishlarning navbatdagi manzilida “Tashrez” ovulida istiqomat qiluvchi, kambag‘allik reyestriga kiritilgan fuqaro X.Annaev xonadonida bo‘ldi.

🏡 O‘rganish davomida fuqaroga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan bir martalik moddiy yordam ajratilgani hamda bolalar nafaqasi o‘z vaqtida to‘lanayotgani qayd etildi.

🤝 Shuningdek, mahalla raisi X.Xalillayev va ijtimoiy xodim N.Allashukurov tomonidan oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsadida davlat tomonidan ajratiladigan ssuda hisobidan motokultivator xarid qilish taklifi bildirildi. Mazkur tashabbus fuqaro tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

🌱 Bunday amaliy yondashuv ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbaini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi.