Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Deputat tashabbusi bilan muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #muammo_va_yechim


Deputat tashabbusi bilan muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Imamov Sabitjon Xudaynazarovich tomonidan 24 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar ijrosi doirasida 8-Ko‘kcha-Oqtepa saylov okrugidagi Paxtakor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🕯 O‘rganish jarayonida mahalladagi 86-uy oldida joylashgan ariqning tozalanishi va uning atrofini obodonlashtirish zarurligi aniqlangandi. Deputat tomonidan bildirilgan e’tiroz va murojaatdan so‘ng, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida ariq tozalanib, atrofi obodonlashtirildi.

✅ Mazkur holat deputatlik nazorati doirasida ko‘tarilgan masalalarga mas’ul tashkilotlar tomonidan tezkor munosabat bildirilayotganining yana bir amaliy namunasi bo‘ldi.

Slide 1 of 4