Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari F. Abdusattorov, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati U. Yarlakabov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Suvankulov tomonidan Boyovut tumani “Sarmich” mahallasida joylashgan 120 o‘rinli 45-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktab binosida olib borilgan qurilish ishlari to‘liq yakunlangani, hozirda esa sinf xonalarini zamonaviy mebel va zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlash ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

Mas’ullar tomonidan bildirilishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab, ya’ni sentabr oyida o‘quvchilar ta’lim jarayonini yangi va zamonaviy binoda boshlashlari rejalashtirilgan. Hozirda maktab uchun zarur bo‘lgan jihozlarni yetkazib berish ishlari yakuniy bosqichda davom etmoqda.

Mazkur ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi o‘quvchilarning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek, hududda ta’lim sifati va infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5