Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
SOG‘LOM AVLOD – YANGI O‘ZBEKISTON KELAJAGI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, oliy toifali ayollar shifokori M. Bobojonova ijtimoiy yordamga muhtoj ayollar ishtirokida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida” davra suhbati o‘tkazdi.

Suhbat davomida reproduktiv salomatlikni asrash, onalik va bolalik salomatligini muhofaza qilish, oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ta’kidlanganidek, 2019-yil 11-martda qabul qilingan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–528-son Qonun fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda ushbu sohadagi huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Muhim tavsiyalar:

✔️ Sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
✔️ Muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish.
✔️ Onalik va bolalik salomatligini asrash.
✔️ Oilani mas’uliyat bilan rejalashtirish.
✔️ To‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikka e’tibor qaratish.
✔️ Farzandlar salomatligini doimiy nazorat qilish.

Slide 1 of 2